20 – laboratoriya mashg’uloti

Mavzu: Internetda ta’lim portallari. On –line ochiq kurslar

Kerakli texnik vositalar: kompyuter, modem, tarmoq, internet.
Kerakli dasturiy vositalar: Web brauzer dasturi.
Ishning maqsadi: Тalabalarga Internetda ta’lim sohasiga doir saytlar va on-line ochiq kurslar bo’yicha tushuncha berish va undan foydalanishni o’rgatish.

ТOPSHIRIQ:

1. Web brauzer dasturiga kiring.
2. Internet tizimida ta’lim sohasidagi on-line ochiq kurslar va saytlar bilan ishlash uchun biror web manzilga kiring.
3. Tizim ro’yhatidan o’tish uchun tegishli bo’limlar to’ldirilsin.
4. Tizimga a’zo bo’lgandan so’ng quyidagi xizmat turlariga murojaat qilinsin:
a) Kompyuter tarmoqlari faniga doir matnli fayllarni olish;
b) Kompyuter tarmoqlari faniga doir taqdimot (prizentatsiya) fayllarni olish;
c) Kompyuter tarmoqlari faniga doir video kurslarni ko’rish va tahlil qilish;

5. Laboratoriya ishni rasmiylashtiring.

NAZARIY MA’LUMOTLAR

Internet orqali o`quv materiallarini bepul va erkin tarqatishga mo`ljallangan “Ochiq darsxona” (Open courseware) deya nomlanuvchi elektron tizim bundan o`n yilcha muqaddam MTI tomonidan tashkil etilgan edi. Shundan so`ng yuzlab boshqa kollej va universitetlar ham o`quv materiallarini internetga barcha uchun bepul va ochiq qo`yish amaliyotini yo`lga qo`ydi. Bugunga kelib MTI va Stenford universiteti ushbu amaliyotni yangi bosqichga ko`tarishga qaror qildi. Ular endi nafaqat kursda o`tiladigan materiallarni, balki darsning o`zini ham bepul taqdim etishmoqda. Stenfordda kompyuter bo`yicha ikki mutaxassis dastlab “Sun’iy intellekt faniga kirish” (Introduction to Artificial Intelligence) nomli bepul “onlayn” kurs tashkil etdi.
Dunyoning 190 dan ortiq mamlakatidan jami 160 mingdan ziyod talaba kursga yozildi. Ko`ngillilar yordamida kurs materiallari qisqa muddat ichida dunyoning 44 tiliga tarjima ham qilindi. Ishtirokchilarning 23 ming nafari kurs materiallarini to`liq tamomlab, imtihonlardan muvaffaqiyatli o`tdi hamda ushbu kursni bitirganlik to`g`risidagi guvohnomaga ega bo`ldi.

Laboratoriya mashg’ulotni to’liq yuklab olish uchun quyidagi tugmani bosing: