19 – laboraтoriya ishi

Mavzu: Telekonferensiyalar va videokonferensiyalar bilan ishlash.

Kerakli texnik vositalar: kompyuter, modem, tarmoq, internet.
Kerakli dasturiy vositalar: Web brauzer dasturi.
Ishning maqsadi: Тalabalarga Internetda telekonferensiyalar va videokonferensiyalar bilan ishlash bo’yicha tushuncha berish va undan foydalanishni o’rgatish.

NAZARIY QISM

Telekonferentsiya

Telekonferentsiya (teleconferencing) – ikki va undan ortiq guruh qatnashchilarining o`zaro muloqotini tashkil etish uchun elektron aloqa kanallaridan foydalanish jarayonidir. Mavzuli fikr almashishlar moderator tomonidan boshqariladi. Telekonferentsiya jarayonida ovoz, tasvir yoki kompyuter ma’lumotlari uzatiladi. Telekonferentsiyaga jo`natilgan xabar uning barcha qatnashchilariga yetkaziladi, ya’ni muloqot bir stol atrofidagi muloqot jarayoniga o`xshaydi.
Telekonferentsiya o`zida audiokonferentsiya (audioconferencing), videokonferentsiya (videoconferencing) va kompyuter konferentsiyalari (computerconferencing) kabi texnologiyalarni mujassamlashtiradi.
Kompyuter texnologiyalarining o`quv jarayonida asosli qo`llashning yana bir muhim jihati, real jarayonlar va eksperimentlarning kompyuter modelini yaratish bilan aloqadorligidir. Kompyuter yordamida ma’lumotlarni qayta ishlash, model va natijalarning namoyishi, ko`p hollarda, qimmat turadigan eksperimental qurilmalarga bo`lgan ehtiyojni o`rnini bosadi, ayrim hollarda (atom va kvant fizika, yarim o`tkazgichlar, kimyo, biologiya, tibbiyot va boshqa fanlardagi jarayonlarni modellashtirish) jarayonni namoyish etishning yagona usuli sanaladi.

Videokonferentsiya

Masofadan videokonferentsiya tizimi – matnli axborotlar almashish, fayllar almashish imkonini beradi. Tashqi elektron doska qo`llashda o`qituvchi doskaga yozadi va bu videokonferentsaloqa ko`magida boshqa auditoriya tinglovchilariga ko`rsatiladi.
Videokonferentsiya – bu shunday kompyuter texnologiyasiki, u orqali foydalanuvchi shaxslar bir-birlarini real vaqtda ko`radi, eshitadi va ma’lumotlar bilan almashadi.
Videokonferentsiya tarixi 1964 yil AT&T kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan Videophone (real vaqtda ovoz va tasvirni almashish) qurilmasidan boshlanadi.
Videokonferentsiya o`tkazish uchun asosan ikkita shartni bajarish lozim:
a) videokonferentsiyani amalga oshirish uchun zarur bo`lgan kompyuter (texnik) qurilmalari;
b) videokonferentsiyani o`tkazish talabiga javob beruvchi aloqa kanallaridan foydalangan holda, muloqotga chiquvchilar bilan bog`lanish.

Videokonferentsiya nima uchun kerak degan savolga quyidagi sabablarni ko`rsatish mumkin. Insonlar kundalik hayotida olayotgan ma’lumotlarni 80-85% ni ko`rish orqali oladi. Shuningdek, boshqaruv ishlari, meditsina, masofaviy ta’lim va boshqa jabhalarda videokonferentsiyani ahamiyati juda muhim. Minglab kilometr masofadagi shaxslarni real vaqtda muloqotini oshirish ham vaqt, ham iqtisodiy tejamkorlikka olib keladi.

Videokonferentsiyani tashkil etish uchun zarur qurilmalar
Videokonferentsiyani amalga oshirishda ISDN, V.35, E1/T1 aloqa kanallaridan va IP tarmoqdan foydalaniladi. ISDN aloqa kanali 256-512 kbit/s, IP tarmoq 512-1024 kbit/s tezlikka ega bo`lishi tavsiya etiladi. 200 – 300 kbit/s tezlikda tasvir tiniqligi va almashish o`rtacha holatda bo`ladi. Tasvir va ovozni almashish uchun maxsus videokodeklardan foydalaniladi. Videokodeklar PCI plata sifatida kompyuterga o`rnatiladi. Videokodeklar jo`natilayotgan ma’lumotlarni saqlaydi va kodlaydi, qabul qilayotganda esa asl holatiga qaytaradi. Agar aloqa tezligi past bo`lsa yoki videokodek ma’lumotlarni tahlil qilishda muammolar paydo bo`lsa, u holda tasvirda kadrlar tushib qoladi va ovoz kanalida uzilishlar paydo bo`ladi. Bu qurilmalardan tashqari videokonferentsiyani tashkil etishda quyidagi qurilmalar lozim bo`ladi:
1. Ko`ptugunli videoserverlar (MCU, Multipoint Control Unit). Videoserverlar bir vaqtni o`zida bir necha tugunlarni o`zaro bir biri bilan bog`lab, tasvir va ovozlarni tez uzatishda qo`llaniladi.

 

Laboratoriya mashg’ulotni to’liq yuklab olish uchun quyidagi tugmani bosing: