16- laboratoriya mashg’uloti

Mavzu: VoIP – texnologiyalari

Ishning maqsadi:
1) VoIP – texnologiyasi haqida nazariy va amaliy ko’nikmalar hosil qilish.
2) Тalabalarga Cisco Packet Tracer dasturida VoIP – texnologiyasi bo’yicha amaliy ishlar bajarish va undan foydalanishni o’rgatish.
Kerakli texnik vositalar: PC kompyuterlar
Kerakli dasturiy vositalar: Cisco Packet Tracer dasturi paketasi

Nazariy qism:

VoIP tizimi sо‘zlashuv signaliga nisbatan, oddiy telefon tarmoqlari singari funksiyalarni bajarishi kerak. Bu asosiy funksiyalarga quyidagilar kiradi:
– uzatuvchi tomonda – analog sо‘zlashuvchi raqamli signalga о‘zgartirish va raqamli signalni tarmoq orqali uzatish uchun zarur bо‘lgan kо‘rinishda taqdim etish (IP tarmoq orqali); sо‘zlashuv signali IP protokoli paketlariga inkapsulyatsiyalanadi;
– IP tarmoqda – telefonli chaqiriq xizmat kо‘rsatishini boshqarish (ulanishni yaratish, sо‘zlashuv almashishni ushlab tirish, uzish) va paketlarni transportlash;
– qabul qilish qismida – qabul qilingan paketlardan va diskret signaldan analog sо‘zlashuvni qayta tiklash. VoIP texnologiyasida telefon aloqasiga о‘xshash bо‘yicha abonentlar orasida ulanishni о‘rnatish zarur. Bu signalizatsiya tizimi bilan amalga oshiriladi, ya’ni terminal qurilma yordamida tarmoqda aloqada bо‘ladi, chaqirish xizmat kо‘rsatish uchun zarur bо‘lgan tarmoq elementlari ishini koordinatsiyalaydi va aktivlashtiradi. VoIP tarmoqda signalizatsiyani tarmoq komponentlari orasida IP datagrammalarini almashishni ta’minlaydi. Ulanish 2 ta oxirgi punklar orasida о‘rnatiladi. Bu punktlarni identifikatsiyasi maxsus ma’lumotlar bazasi orqali ishlab chiqiladi. UFT tarmog‘i singari oxirgi punktni identifikatsiyalash uchun telefon nomerlar qо‘llaniladi. VoIP tarmog‘ida ham buning uchun ma’lumotlar bazasida saqlanuvchi IP-manzil qо‘llaniladi. VoIP datagrammasini transportlash IP marshrutizatorlarida sо‘zlashuv paketlarini ketma-ket qabul qilish yо‘li orqali bajariladi.

TOPSHIRIQ:

Cisco Packet Tracer dasturida quyida berilgan tarmoq loyihasini yarating (1- rasm.)

Quyidagi holatda tarmoqni o’rnating:
1. Server0 – IP manzil: 1.1.1.1, Subnet Mask: 255.0.0.0, Default Gateway: 1.1.1.10, Server0ga DHCP xizmatini o’rnatish
2. Router0 yo’naltirgich
3. Multilayer Switch0 – 3560 -24PS kommutatori
4. 7960 IP Phone0 va 7960 IP Phone1 telefonlari
5. Home-VoIP-PT qurilmasi
6. Analog-Phone-PT telefoni
7. Laptop-PT noutbuki

LABORATORIYA ISHINI BAJARISH TARTIBI:

1-qadam. Cisco Packet Tracer dasturi “Tarmoq qurilmalari guruhi” (End Devices) panelidan Server0 ni tanlang va ish sohasiga o’rnating.
Server0 konfiguratsiyalariga quyidagicha IP manzillarni o’rnating:
Server0: IP Address – 1.1.1.1, Subnet Mask – 255.0.0.0, Default Gateway – 1.1.1.10
Buning uchun Server0 ning “Ishchi stoli” (Desktop) ga kirilib, “IP Configuration” bo’limi tanlanadi va qiymatlar kiritiladi.

Laboratoriya mashg’ulotni to’liq yuklab olish uchun quyidagi tugmani bosing: