13 – laboratoriya ishi

Mavzu: Virtual lokal tarmoqlar – VLAN. Korporativ tarmoqda VLANni sozlash.

Ishning maqsadi:
1. Virtual lokal tarmoqlar – VLAN haqida nazariy va amaliy ma`lumotlarga ega bo’lish;
2. Korporativ tarmoqda VLANni sozlash jarayonini boshqarish;

Texnik jihozlar:
• PC Kompyuterlar;
• Cisco Packet Tracer dasturi paketasi

Nazariy ma’lumotlar:

VLAN (inglizchada Virtual Local Area Network) – ma’lumotlar-ni uzatish uchun virtual mahalliy tarmoq bo’lib, mavjud ma’lumotlarni uzatishda tarmoqni mustaqil mahalliy kichik tarmoqlarga bo’lish imkonini beradi va tarmoq jihozlari tomonidan qo’llab-quvvatlanadi. Shaxsiy tarmoqni jamoat tarmog’i orqali uzaytiradi va foydalanuvchilarning shaxsiy tarmoqqa bevosita ulangan bo’lsa, foydalanuvchilarga birgalikda yoki umumiy tarmoqlarda ma’lumotlarni qabul qilish va olish imkonini beradi. VLAN kommutatorlar, yo’naltirgichlar (router) va boshqa tarmoq qurilmalaridan tashkil topadi.

LABORATORIYA ISHINI BAJARISH TARTIBI:

Tarmoq tarkibi:
– ikkinchi darajali uchta 2950-24 kommutatori (Switch1, Switch2, Switch4);
– uchinchi darajali bitta 3560-24PS markaziy kommutatori (Switch3), u marshrutizator vazifasini bajaradi;
– server (Server1);
– ikki uzelning (kompyuter) har bir uchun uchta tarmoqosti

Topshiriq:
Ixtiyoriy VLAN uchun faqat o’ziga tegishli uzellar (kompyuter) va server Server1 ning faoliyati mavjud bo’lsin.
1- va 2 – jadvallarda kompyuterlar va kommutatorlarning o’rnatilish parametrlari qiymatlari berilgan.

Laboratoriya mashg’ulotni to’liq yuklab olish uchun quyidagi tugmani bosing:

 

Laboratoriya mashg’uloti topshiriqlarining natijalarini quyidagi manzillarga jo’nating:

e-mail: azamb@mail.ru, azambek1402@umail.uz

telegramm bot: JSPI_Tarmoq texnologiyalari

 

 

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *