2 – laboratoriya mashg’uloti

Mavzu: Protokollar. ARP va ICMP protokollari

Ishning maqsadi: Cisco Packet Tracer dasturida ishlash, ARP va ICMP protokollarini o’rganish, tracert utilitalarini qo’llash
Texnik jihozlar:
• PC kompyuterlar;
• Cisco Packet Tracer dasturi paketasi.

Ishning rejasi:
1. Tarmoq topologiyasini qurish, chekli tugunlarni sozlash;
2. Marshrutizator (yo’naltirgich)ni sozlash;
3. Simulasiya rejimida ishni tekshirish;
4. Ichki tarmoqda ping-so’rovni yaratish;
5. Tashqi tarmoqda ping-so’rovni yaratish;
6. Mavjud bo’lmagan IP-manzil tugunlarida ping-so’rovni yaratish;
7. Alohida (individual) topshiriqlarni bajarish.

Nazariy ma’lumotlar:
Protokol – tarmoqda axborotni uzatish qoidalari to‘plami, apparat va dasturiy ta’minotni birgalikda ishlashini ta’minlash uchun barcha kompaniyalar bu protokollarga amal qilishlari lozim. Protokol – ma’lumotlar turi va formatini, ularni uzatilish tartibini belgilaydi.
Har xil firmalar tomonidan ishlab chiqarilgan protokollarning bir nechta standart steklari mavjud bo‘lib, ular o‘zlarining pog‘onalaridagi maxsus ishlarni amalga oshiradi. Ammo tarmoqda bajariladigan kommunikatsion topshiriqlar protokollarni uchta turga ajratadi. Bular:
Amaliy protokollar;
Transport protokollari;
Tarmoq protokollari.
Amaliy protokollar OSI modelining yuqorigi pog‘onalarida ishlaydi. Ular dasturlarning o‘zaro ishlashini tamnlaydi va ular orasida axborot almashishni amalga oshiradi.
Transport protokollari kompyuterlar orasida seansni amalga oshiradi va ular orasidagi ishonchli ma’lumot almashishga kafolat beradi.
Tarmoq protokollari aloqa hizmatlarini ko‘rsatadi. Bu protokollar manzillash, marshrutlash, hatolarni tekshirish va qayta yuborishni amalga oshirish kabi vazifalarni boshqaradi.

ARP protokoli
Address Resolution Protocol (ARP) manzilga ruhsat berish protokoli bo’lib, IP – manzil bo’yicha fizik manzillarni aniqlash uchun qo’llaniladi. ARP protokoli bir vaqtning o’zida bir qancha tugunlarni dinamik aniqlangan MAC-manzilli IP-manzillar bo’yicha ulanish imkonini beradi. Laboratoriya ishlarida lokal tarmoq Ethernet texnologiyalari asosida quriladi. Ethernet tarmog’ida qo’llaniluvchi TCP/IP steki 48 bit uzunlikdagi fizik manzili mavjud. Kanal darajasidagi chekli tugunlarning almashinuvchi kadrlari tarmoq interfeysining texnik manzilidan iborat bo’lishi zarur. TCP/IP esa 32-bitli IP-manzilni qo’llaydi.
IP-manzilining qabul qilish qiymati bu host deytagrammasini jo’natish uchun yetarli emas. Ethernet drayveri belgilangan MAC-manzil interfeysini bilishi shart. ARP ning vazifasiga turli tarmoq texnologiyalarida qo’llaniladigan 32-bitli IP-manzillari va 48-bitli MAC-manzillarining o’zaro dinamik hamkorligini ta’minlash kiradi.

ICMP protokoli
Boshqarish xabarlari bilan almashinuv protokoli ICMP (Internet Control Message Protocol) marshrutizator oxirgi tugunchasi hisoblanadi. Marshrutizator ushbu tugundan kelgan bironta IP paketini uzatishda duch kelgan xatolar to‘g‘risida xabar berishiga imkon beradi. Shuni aytish kerakki, ICMP protokoli – bu xatolar to‘g‘risida xabar beruvchi, lekin xatolarni tuzatuvchi protokol emas. Oxirgi tugun, xato boshqa takrorlanmasligi uchun ayrim xarakatlar qo‘llashi mumkin, lekin bu xarakatlar ICMP protokoli tomonidan belgilanmagan. ICMP protokolining xar bir xabari tarmoq bo‘yicha IP paket ichida uzatiladi. ICMP xabarlari bilan IP paketlari, boshqa xar qanday paketlar singari imtiyozsiz marshrutlanadi, shuning uchun ular xam yo‘qolishi mumkin. Bundan tashqari, yuklangan tarmoqda, ular marshrutizatorlarning qo‘shimcha yuklanishini keltirib chiqarishi mumkin. Xatolar to‘g‘risida juda ko‘p xabarlar keltirib chiqarmasligi uchun xatolar to‘g‘risidagi ICMP xabarlarni tashuvchi IP paketlarning yo‘qolishi, ICMP ning yangi xabarlarini tug‘dirib chiqarmasligi kerak.
ICMP xabarlarining bir nechta turi mavjud. Xabarning xar bir turi o‘z formatiga ega va ularning xammasi uchta umumiy maydondan boshlanadi: xabar turini (TYPE), u xabarni belgilanishini aniqlab beradi, belgilovchi 8 bitli to‘la son, 8 bitli kod maydoni (CODE), u xabarning belgilanishini aniqlab beradi, nazorat yig‘indisini 16 bitli maydoni, (CHECKSUM). Bundan tashqari, ICMP xabari xar doim sarlavxa va xatoni keltirib chiqargan IP paketining birinchi 64 bit ma’lumotlarga ega. Bu tugun-yuboruvchi xato sababini aniqroq tahlil qilishi uchun bajariladi, chunki TCP/IP steki –qo‘shma darajasidagi xamma protokollar o‘z xabarlarining birinchi 64 bitda tahlil qilish uchun eng muhim axborotga egalar.

Laboratoriya mashg’ulotni to’liq yuklab olish uchun quyidagi tugmani bosing:

Laboratoriya mashg’uloti topshiriqlarining natijalarini quyidagi manzillarga jo’nating:

e-mail: azamb@mail.ru, azambek1402@umail.uz

telegramm bot: JSPI_Tarmoq texnologiyalari

2 thoughts on “2-laboratoriya”

  1. Ishning rejasi:
    1. Tarmoq topologiyasini qurish, chekli tugunlarni sozlash;
    2. Marshrutizator (yo’naltirgich)ni sozlash;
    3. Simulasiya rejimida ishni tekshirish;
    4. Ichki tarmoqda ping-so’rovni yaratish;
    5. Tashqi tarmoqda ping-so’rovni yaratish;
    6. Mavjud bo’lmagan IP-manzil tugunlarida ping-so’rovni yaratish;
    7. Alohida (individual) topshiriqlarni bajarish.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *