8-Mavzu: Intranet – hususiy ichki tarmoq.

Reja:

1. Intranet tushunchasi va uning afzalliklari.
2. Intranetni yaratish texnologiyalari
3. Mavjud kompyuter tarmog’i asosida Intranet yaratish
4. Intranetni yangidan yaratish
5. Tarmoqning amal tizimi haqida
6. Windows Server operasion tizimi
7. Web-serverni o’rnatish.
8. Intranetning mijozlar qismi
9. Intranetning ko’pqatlamli modeli.

Tayanch iboralar: Intranet, HTML, HTTP, brouzer, TCP/IP, E-mail, UseNet, Web-server, Gopher-server, FTP va Telnet

Intranet – biror yuridik shaxs (vazirlik, kompaniya, tashkilot, korxona, ta’lim muassasasi va sh.u.) ga tegishli kompyuter tarmog’i bo’lib, u Internet axborot texnologiyalari hamda vositalari asosida yaratiladi. “Intranet” tushunchasi 1994 yildan boshlab, Internetda Web texnologiyalari muvaffaqiyatli sinovlardan o’tib zo’r e’tibor qozongandan so’ng paydo bo’ldi. Zero Intranetni Web texnologiyasisiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Intranet texnologiyasining asosida Web texnologiyasining asosiy tarkibiy qismlari – HTML, HTTP va brouzer hamda Internetning asosiy protokoli TCP/IP yotadi.
Intranet ananaviy kompyuter tarmoqlaridan farqli qator sifatlarga ega. Bular:
• Boshqaruv va yuridik shaxs faoliyati yo’nalishlarini avtomatlashtirishda Intranet texnologiyasi o’zida odatda bir-biriga zid bo’lgan markazlashtirish (nazorat va boshqaruvga nisbatan) va taqsimlanganlik (Aloqa va ijroga nisbatan) tamoyillarini birlashtirishga imkon beradi;
• Axborot resurslaridan foydalanish va ularni yaratib saqlash tamoyili ko’proq undan foydalanuvchilar manfaatiga mos keladi, axborot foydalanuvchilar uchun zarur va qulay shaklda beriladi;
• Axborotga kirish universal va sodda, asosan bir xil brauzer vositasida amalga oshiriladi. Bu xizmatchilarga qo’shimcha qulayliklar tug’diradi.
• Resurslar ish joylarida yaratilib markazlashgan holda Web-serverlarda saqlanadi, unga kirish intizomi aniq belgilab qo’yiladi, axborot himoyasi osonlashadi;
• Intranet o’ziga xos taqsimlangan dasturiy, axborot va aloqa muhitini o’zida mujassamlantirgan;
• Axborot oqimi matn, tasvir, audio, video shaklida bo’lganligi uchun guruhiy faoliyatlar tele-, video-konferentsiyalar asosida yo’lga qo’yilishi oson bajariladi;
• Intranet avvalgi tarmoq turlariga nisbatan iqtisodiy samarali, uni mavjud turli-tuman vositalar, aloqa kanallari asosida ham tez yo’lga qo’yish mumkin. Bu investitsiyalarni iqtisod qilishga imkon beradi. Intranetning xar bir ish o’rni taxminan 50 AQSh dollariga tushadi.

2. Intranetni yaratish texnologiyalari
Intranetni yaratish uchun qator tashkiliy va texnologiyaviy masalalarni rejalashtirib, ularni amalga oshirish lozim.
Tashkiliy masalalar.
Avvalo, Intranet strategiyasini belgilovchi qarorlar qabul qiluvchi mas’ul shaxs – Intranet rahbari tanlanadi va uning ixtiyoriga maslahatchilar va ishchi guruh biriktiriiladi. Maslahatchilar sifatida Intranet yaratish tajribasiga ega mutaxassis-ekspertlar tanlanadi. Ishchi guruhga tarmoq tizimi ma’muri, Web -masterlar, tarmoq xavfsizligi bo’yicha mutaxassis, axborot ta’minoti bo’yicha mutaxassis, dasturlovchilar va foydalanuvchilar vakillari kiritiladi. Intranetdan foydalanuvchilar vakillari uchun qisqa muddatli o’qish tashkil etiladi.
Texnologiyaviy masallar.
Intranet yaratishda quyidagi tamoyillar asos qilib olinadi:
 Mavjud kompyuter tarmog’i (agar u mavjud bo’lsa) yoki unga tegishli qismlardan imkoni boricha to’la foydalanish;
 Sinovdan o’tgan mavjud texnologiyalarni qo’llash;
 Tayyor dastur ta’minotlarini qo’llash;
 Internetning ochiq standartlaridan foydalanish.
 Intranetning bosh texnologiyasi – Web texnologiyasidir. Chunki, u axborotni nashr qilish va undan birgalikda foydalanish uchun juda qulay bo’lib, tarmoqning asosiy tuguni Web -server xosil qilish uchun katta mablag’ talab qilmaydi.
 Yuridik shaxs xududida Intranet yaratilishi oldidan ishlab turgan kompyuter tarmog’i bor – yo’kligi Intranet yaratish bo’yicha bajariladigan ishlar ko’lami va tartibiga, yechimlar mazmuniga va ish muddatlariga juda katta ta’sir ko`rsatadi.

Ma’ruza mashg’ulotining to’liq matnini quyidagi tugmani bosish orqali yuklab olasiz: