5-Mavzu: Kompyuter tarmoqlarining dasturiy ta’minoti

Reja:

1. Kommunikatsiya dasturlari. Kompyuter tarmoqlarini boshqaruvchi vositalar
2. Kommunikasion kanalning o’tkazish qobiliyati. Uzatish parametrlari
3. Uzatish yo’nalishlari va rejimi
4. Paketlar va ularning tuzilishi
5. Marshrutlash protokollari
6. Multipleksirlash: kommunikatsiya samaradorligini oshirish
7. Muloqot etalon modeli
8. Kompyuter tarmoqlariga doir tashkilotlar

Tayanch tushunchalar: Ketma-ket va parallel uzatish. Simleks. Yarim dupleks. To’liq dupleks. Asinxron va sinxron uzatish. Paketlar kommutatsiyasi. Boshlovchi va tugatuvchi bit. Multipleksirlash. Protokol.

1.Kommunikatsiya dasturlari. Kompyuter tarmoqlarini boshqaruvchi vositalar
Kompyuter tarmoqlarini boshqaruvchi vositalar – turli kompyuter tarmoqlarini boshqarishga, ular o’rtasidagi o’zaro aloqani yo’lga qo’yishga xizmat qiluvchi vositalar bo’lib, imkoniyatlariga ko’ra quyidagi guruhlarga bo’linadi:
 ketma-ket portlar orqali maxsus kabel yordamida ulangan kompyuterlar o’rtasida ma’lumot almashishga xizmat qiluvchi vositalar. Bularga Brooklin Bridge, Desk Link, LapLinkIII, Fast Lynx dasturlari misol bo’la oladi;
 ma’lumot almashishda telefon kanalidan (agar modem bo’lsa) foydalanishga imkon beruvchi vositalar. Bularga Telemate, Procomm, DataLine dasturlari misol bo’la oladi;
 kichik lokal tarmoqlarini tashkil qilish hamda ularni boshqarishga imkon beruvchi vositalar. Bularga Lantastic, Personal Netware kabi dasturlar misol bo’la oladi;
 katta lokal tarmoqlariga fayl-servis xizmatini ko’rsatish va shu tarmoqlarni boshqarish imkonini beruvchi vositalar. Bularga Nowell OS, Unix OS, OS/2, Windows NT, Linux, Windows Server kabi dasturlar misol bo’la oladi;
 telefon, radio, kosmik yo’ldosh aloqa kanallari, optik-tolali kanallar orqali bog’langan xalqaro miqyosdagi kompyuter to’rlarini boshqarishga imkon beruvchi vositalar. Bularga Internet, Euronet, Fidonet, Relcom kabi tizimlarni boshqaruvchi hamda ular bilan ishlovchi turli brauzerlar, elektron pochta vositalari, Web-peyjerlar, faks-dasturlar misol bo’la oladi.
Modem orqali ma’lumot almashinish uchun maxsus dasturlar zarur. Ko’pgina operatsion sistemalar tarkibida bunday dasturlar mavjud va yaratilmoqda. Masalan, Macintosh System da – SmartCom; Windows SmartCom, CrossTolk, WinCom, Comm Works, Telix, Procom Plus, Hyper Terminal; OSF2 Warp da – Hyper Access dan foydalanish mumkin. Bunday dasturlar ko’pincha modem bilan birga disketalarda sotiladi. Kommunikatsion dasturlar kompyuterlar orasida aloqa o’rnatishdan tashqari yana bir qator quyidagi ishlarni bajaradi:
-Xatolarni to’g’irlash: Ma’lumot uzatilayotganda turli uzilishlar yuzaga kelishi mumkin. Uzilishlar ma’lumot uzatishga ta’sir ko’rsatuvchi tashki xodisadir. Uzilishni elektr tarmog’idagi qisqa tutashuvlar, kontaktlarning uzatilishi, yaqinda joylashgan kuchli magnit maydon manbalari, masalan, konditsioner yoki televizor keltirib chiqarishi mumkin. Ovoz uzatishda ular unchalik unga ta’sir qilmasa xam uzatish tezligi pasayishi mumkin. Modem o’zining dasturi bilan birga ishlab uzatishdagi xatolarni tuzatadi va uzilishlarni bartaraf qila oladi.
– Ma’lumotni arxivlash. Albatta xajmi qisqargan (arxivlangan) ma’lumotni uzatish uchun kamroq vaqt sarflanadi. Bu esa uzatish tezligini oshiradi va ma’lumot yaxshi saqlanadi. Arxivlash algoritmlarining ba’zilari bilan siz tanishsiz.
Masofadan boshqarish.
Masofadan boshqarish dasturlari bir kompyuterdan turib uzoq masofadagi (bir necha ming kilometrgacha) kompyuterni boshqarishga imkon beradi. Bunday dasturlarning bir qismi siz ishlayotgan kompyuterda, qolgan qismi uzoqdagi boshqarilayotgan kompyuterda bo’ladi. Bunday dasturlarga Carbon Copy, Norton PC Anywhere, GotoMyPc larni misol keltirishimiz mumkin.

2.Kommunikasion kanalning o’tkazish qobiliyati. Uzatish parametrlari

Ma’lumot qanday va qaysi tezlikda uzatilishi ko’p omillarga bog’liq. Ma’lumot uzatish kanallari bilan tanishgan xolda ma’lumot uzatishga ta’sir qiluvchi omillarni ko’rib chiqaylik. Quyidagi asosiy omillarni bilish zarur:
– uzatish o’lchovlari: chastota va eng yuqori-eng past chastotalar farqi;
– liniyalarning tuzilishi: nuqtaga-nuqta (point-to-point) va ko’p nuqtali;
– parallel va ketma-ket uzatish;
– uzatish yo’nalishlari: simpleks, yarim dupleks va to’liq dupleks;
– uzatish rejimi: asinxron va sinxron;
– paketlar kommutatsiyasi;
– protokollar;
– multipleksirlash.

Ma’ruza mashg’ulotining to’liq matnini quyidagi tugmani bosish orqali yuklab olasiz: