1-Modul. Kompyuter kommunikatsiya texnologiyalari

 1-Mavzu: Tarmoq texnologiyalari fani haqida tushunchalar

 Reja: 

  1. Axborot – kommunikatsiya texnologiyalari haqida tushuncha.
  2. Tarmoq texnologiyalari fani haqida tushunchalar
  3. Axborotlashgan jamiyat
  4. Ta’limda axborot – kommunikatsiya texnologiyalari

 Tayanch iboralar: axborot, kommunikatsiya. texnologiya. tizim. Axborotlashgan jamiyat.

 Axborot – kommunikatsiya texnologiyalari haqida tushuncha

«Ta’lim to`g`risida»gi Qonun hamda «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ning qabul qilinishi O`zbekiston Respublikasida ta’lim tizimini keng miqyosda isloh qilishning boshlanishi bo`ldi. Ta’lim tizimini dunyo standartlari darajasiga yetkazish ushbu islohotning muhim vazifalaridan biridir. Jahonda zamonaviy ta’limning xarakterli tomoni shundaki ta’limni axborotlashtirish va axboriy jamiyatning ehtiyojini hisobga olgan holda kadrlarni tayyorlash hisoblanadi. Bu O`zbekiston Respublikasi ta’limi tizimida ham ro`y bermoqda, axborotlashtirish sohasidagi davlat siyosati «axborot resurslari, axborot texnologiyalari va axborot tizimlarini rivojlantirish hamda takomillashtirishning zamonaviy jahon tamoyillarini hisobga olgan holda milliy axborot tizimini yaratishga qaratilgan»[1]. Ushbu holatlar kadrlarni tayyorlash tizimida tarmoq texnologiyalari fanining alohida o`rni muqimligini ko`rsatib beradi.

Tarmoq texnologiyalarining asosiy tushunchalaridan biri – bu axborot-kommunikatsiya texnologiyasidir.

Texnologiya grek tilidan (techne) tarjima qilganda san’at, mahorat, bilish ma’nolarini anglatadi, bular esa o`z navbatida jarayonlardir. Jarayonlar – bu qo`yilgan maqsadga erishish uchun ma’lum xarakatlar majmuasidir.

Axborot texnologiya – ob’yekt, jarayon yoki xodisa (axborot mahsulot) xolati haqida yangi sifatdagi ma’lumotlarni olish uchun foydalanadigan ma’lumotlarni (birlamchi) yigish, ishlov berish va o`zatish vositalari, hamda usullari majmuasidir.

Ayni paytda axborot texnologiya xaqida fikr yuritganda, ko’pgina «yangi», «kommunikatsion» yoki «zamonaviy» so`zlarini ko`shib ishlatiladi.

Kommunikatsiya (лат. communicatio – сообщение, передача) axborotlarni bir joydan ikkinchi joyga etkazish tushuniladi.

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) – axborot texnologiyalari (IT) uchun yagona aloqa bo’lib, u birlashtirilgan kommunikatsiyalarning rolini ta’kidlaydi. [Vikipediya]

Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiya – bu zamonaviy kompyuterlar va telekomunikatsion vositalaridan foyidalanadigan, foydalanuvchi ishlashi uchun «do’stona» interfeysga ega bo’lgan axborot texnologiya demakdir.

Tizim deganda – yagona maqsad yo’lida bir vaqtning o’zida xam yaxlit, xam o’zaro bog’langan tarzda faoliyat yurituvchi bir necha turdagi elementlar majmuasi tushuniladi. Tizim atamasi yunoncha so’zdan kelib chiqqan bo’lib, o’zaro bog’langan yaxlitlik, birlikni tashkil qiluvchi qismlar yoki ko’pgina elementlardan tashkil topgan bir butunlikni bildiradi.

Axborot tizimi — belgilangan maqsadga erishish yo‘lida axborotni yig’ish, saqlash, qayta ishlash va uzatish uchun qo‘llaniladigan usullar, vositalar va shaxslaming o‘zaro bog‘langan majmuasidir. Axborot tizimlari jamiyat paydo bo‘lgan paytdan boshlab mavjud, chunki jamiyat rivojlanishning turli bosqichlarida o‘z boshqaruvi uchun tizimlashtirilgan, oldindan tayyorlangan axborotni  talab  etgan. Bu, ayniqsa, ishlab chiqarish jarayonlari – moddiy va nomoddiy ne’matlami ishlab chiqarish bilan bog‘liq jarayonlarga tegishlidir.  Chunki ular jamiyat rivoji uchun hayotiy m uhim ahamiyatga ega. Aynan ishlab chiqarish jarayonlari jadal takomillashadi. Ulaming rivojlanib borishi bilan boshqarish ham murakkablashadiki, o‘z navbatida, u axborot tizimlarini takomillashtirish va rivojlantirishni rag’batlantiradi.[2]

Ma’ruza mashg’ulotining to’liq matnini quyidagi tugmani bosish orqali yuklab olasiz: