7-AMALIY ISHI

Mavzu: Multimediya bilan ishlashda tarmoqlardan foydalanish

Ishning maqsadi: Тalabalarga internetda on- line xizmatidan foydalanish, jumladan,
Telegram, Chat, Skayp, Meyl Agent, Facebook, Google Talk, ICQ dasturlari bilan tanishtirish va
ularda ishlash.
Kerakli texnik vositalar: shaxsiy kompyuter, internet tarmog’i, mikrofon, ovoz
kolonkalari, veb kamera
Kerakli dasturiy vositalar: Internet Web brauzer dasturi, Chat, Skayp, Meyl Agent, Google
Talk, ICQ dasturlari va web sayti.

Nazariy ma’lumot:

     Internet tez muloqot uchun imkoniyatlarga ega. Bu imkoniyat quyidagi muloqot dasturlari yordamida amalga oshiriladi: Telegram, Tvitter, Chat, Web blog, Web sahifa, Forum, Videokonferentsiya, Internet telefoniya. Quyida ulardan foydalanish tartiblari bilan tanishamiz.
                                                 Telegram yordamida muloqot
Telegram ham hozirgi vaqtda ijtimoiy tarmoqlardan qolishmaydi. U orqali real muloqot, fayl almashinuvi, tijorat va o’z biznesini rivojlantirish mumkin.
Dasturda ishlash: menyuga kirib New Channel tugmasiga bosish bilan kanal
ochish, Channel name: kanal nomi, Description: kanal ta`rifi.
Telegramda 2 xil kanal mavjud:
Public Channel — Ochiq kanal. Foydalanuvchilar izlash maydoniga kanal nomini yozsa ko`rinadigan, kim hohlasa qo`shilaveradigan kanal.
Private Channel – Yopiq kanallar. Ularning ichidagi ma`lumotni ko`rish
uchun albatta kanalga a`zo bo`lish kerak. Kanalga kirish uchun maxsus Tashrif
murojaat (ssilka)si beriladi.
Link — bu kanalning adresi, murojaati (ssilkasi).
Kanalning info sahifasiga kirib (kanalning rasmiga bosasiz) SET PHOTO ga
bosamiz va rasm tanlaymiz.

Amaliy mashg’ulotni to’liq yuklab olish uchun quyidagi tugmani bosing: