2- Amaliy mashg’ulot

 Mavzu: IP protokoli va IP manzillar

         Ishning maqsadi: TCP/IP protokoli qoidasi va IP manzillarni belgilashni  o’rganish hamda amaliy ko’nikmalar hosil qilish.

 Nazariy qism:

Mahalliy tarmoqda har bir kompyuter o’zining unikal manziliga, IP adresiga ega bo’ladi. Tarmoqdagi hech bir kompyuterni IP adresi boshqa birikini aynan bir xil bo’lmaydi. Ushbu amaliy ish davomida kompyuterlarni qanday qilib IP adreslarini sozlashni ko’rib chiqamiz. Internet Protocol (IP)-tarmoqlararo bayonnoma hisoblanadi.  Uning asosiy vazifasi tarmoqda ma’lumotlar uzatishdan iborat. TCP/IP protokolida kompyuterlar maxsus raqamlardan iborat manzilga ega bo’lib bu manzil IP manzil dasturi tomonidan beriladi.

Bundan tashqari kompyuterning MAC manzili xam mavjud bo’lib bu manzil o’zgarmas hisoblanadi va manzil sifatida tarmoq kartasining maxsus kodi olinadi. IP manzilni o’zgartirish imkoniyati mavjud. MAC manzilda IP manzillar uchun 4 bayt joy ajratiladi va u quyidagi ko’rinishda bo’lishi mumkin 109.26.17.100. IP manzilning sinfi tarmoq adminstratori tomonidan o’rnatiladi. IP manzilning oxirgi 2 ta raqami tarmoq raqamini va kompyuter raqamini bildiradi. Misol uchun yuqorida keltirilgan IP manzil 17tarmoq raqami, 100kompyuter raqami. IP manzillarning 5 ta sinfi mavjud bo’lib, 1-A sinfga manzil nol dan boshlansa IP manzilning ikkilik kodi noldan boshlansa A sinfga tegishli, ya’ni 1 dan 126 gacha (0 ishlatilmaydi 127 raqami maxsus maqsadlar uchun rezerf sifatida foydalaniladi).

Amaliy mashg’ulotni to’liq yuklab olish uchun quyidagi tugmani bosing: