Modulning maqsadi:

«Tarmoq texnologiyalari» o‘quv fanini o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr:

— kompyuter tarmoqlari,telekommunikasiyaning texnik vositalari, zamonaviy axborot hizmat turlarini, masofaviy ta’lim va uning imkoniyatlarini, tarmoq operasion tizimi haqidagi bilimlarni bilishi kerak; .

-kompyuter tarmoqlari turlari va ularning imkoniyatlari, mintaqaviy, global va lokal kompyuter tarmoqlari, elektron pochta, masofaviy ta’lim, telekommunikasiyalarni tashkil etish yo‘llari, tarmoq hizmatlari. Tarmoq texnologiyasi: tarmoq texnologiyasi haqida tushuncha, ko‘prik va shlyuzlar, tarmoq topologiyalari, ma’lumotlarin uzatish protokollari, IP, TCP va UDP protokollari. Tarmoq operasion sistemalari. Lokal kompyuter tarmoqlari,  ularni tashkil etish va ishlatish. Intranet kompyuter tarmog‘i lokal tarmoq imkoniyatlari, tarmoq operasion tizimida ishlash prinsiplari, Internet tarmog‘ida ishni tashkil qilish usullari, internet tarmog‘iga ma’lumotlar joylashtirish  haqidagi ko‘nikmalarga ega bo‘lishlari kerak;.

-Internet tizimida ishlash; telekommunikasiya vositalari bilan ishlash; elektron pochtada ishlash; lokal kompyuter tarmog‘ida ishlash; Web sahifa yaratish malakalarga ega bo‘lishlari kerak.

Laboratoriya va amaliy ishlarini bajarish qoidalari:

Talaba laboratoriya ishlarini bajarishi uchun mavzular bo‘yicha nazariy ma’lumotlarni o‘rganishi va kompyuterda berilgan ma’lumotlar bilan ishlash ko‘nikmasiga ega bo‘lishi kerak. Talaba kompyuter tarmoqlarida amaliy ishlash ko‘nikmasiga ega bo‘lgandan so‘ng ishni bajarishga kirishadi. Talaba o‘qituvchi tomonidan berilgan savol va amaliy topshiriqlarni qanday bajarganligiga qarab mezon bo’yicha baholanadi.

Mavzularni mustaqil o‘zlashtirish.

Faning xususiyati, talabalarning bilim darajasi va qobiliyatiga  qarab tanlangan hamda ishchi o‘quv dasturiga kiritilgan holda alohida mavzular talabalarga mustaqil ravishda o‘zlashtirish uchun topshiriladi. Bunda mavzuning asosiy mazmunini ifodalashga va ochib berishga xizmat qiladigan tayanch iboralarga e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan vaziyatlarni aniqlashga va mavzuni tizimli bayon qilishga xizmat qiladigan savollar, asosiy adabiyotlar va axborot manbalarini  ko‘rsatish mumkin.

Topshiriqni bajarish jarayonida talabalar mustaqil ravishda o‘quv adabiyotlaridan foydalanib, ushbu mavzuni konspektlashtiradilar, tayanch iboralarning mohiyatini anglagan  holda mavzuga taalluqli savollarga javob tayyorlaydilar. Zarur hollarda (o‘zlashtirish qiyin bo‘lsa, savollar paydo bo‘lsa, adabiyotlar yetishmasa, mavzuni tizimli bayon eta olmasa va boshqa hollarda) o‘qituvchidan maslahatlar oladilar.

Mustaqil o‘zlashtirilgan mavzu bo‘yicha tayyorlangan matn kafedrada himoya qilinadi.

Referat tayyorlash. Talabalarga qiyinlik darajasi talabaning shaxsiy imkoniyati, qobiliyati va bilim darajasiga muvofiq bo‘lgan biror mavzu bo‘yicha referat tayyorlash topshiriladi. Bunda talaba asosiy adabiyotlardan tashqari qo‘shimcha adabiyotlar (monografiyalar, ilmiy, uslubiy maqolalar, internet tarmog‘i, elektron kutubxona materiallari va boshqalar) dan ham foydalanib materiallar yig‘adi, tahlil qiladi, tizimlashtiradi va mavzu bo‘yicha imkon darajasida to‘liq, keng ma’lumot berishga harakat qiladi. Zarur holda o‘qituvchidan maslahat va ko‘rsatmalar oladi.

Yakunlangan referat kafedrada ekspertlar ishtirokida himoya qilinadi.

Ko‘rgazmali vositalar tayyorlash. Talabaga muayyan mavzuni bayon qilish va yaxshiroq o‘zlashtirish uchun yordam beradigan ko‘rgazmali materiallar (jadvallar, chizmalar, rasmlar, modellar va boshqalar) tayyorlash topshiriladi. Mavzu o‘qituvchi tomonidan aniqlanib, talabaga ma’lum ko‘rsatmalar, yo‘l-yo‘riqlar beriladi. Ko‘rgazmali vositalarning miqdori, shakli va mazmuni talaba  tomonidan mustaqil tanlanadi. Bunday vazifani bir mavzu bo‘yicha bir necha talabaga berish mumkin.

Talaba ko‘rgazmali materiallardan foydalanish bo‘yicha yozma ravishda tavsiyalar tayyorlaydi va kafedrada himoya qiladi.

Mavzu bo‘yicha testlar, munozarali savollar va topshiriqlar tayyorlash. Talabaga muayyan mavzu bo‘yicha testlar, qiyinchilik darajasi har xil bo‘lgan masalalar va topshiriqlar, munozaraga asos bo‘ladigan savollar tuzish topshiriladi.

Bunda o‘qituvchi tomonidan talabaga testga qo‘yiladigan talablar va uni tuzish qonun-qoidalari, qanday maqsad ko‘zda tutilayotganligi, muammoli  savollar tuzishda mavzuning munozarali momentlarini qanday ajratish lozimligi, topshiriqlarni tuzish usullari bo‘yicha yo‘l-yo‘riq beriladi.  Konsultasiya paytlarida bajarilgan ishlarning qo‘yilgan vazifa va  talablarga javob berish darajasi nazorat qilinadi (qayta ishlab kelish, aniqlashtirish,  to‘ldirish taklif etilishi mumkin).

Test, savol va topshiriqlar majmuasi kafedrada eskpertlar ishtirokida himoya qilinadi.

Ilmiy maqola, tezis  va ma’ruzalar tayyorlash. Talabaga biron bir mavzu bo‘yicha ilmiy yoki referativ harakterga ega bo‘lgan maqola, tezis yoki ma’ruza matni tayyorlash topshiriladi. Bunda talaba o‘quv adabiyotlari, ilmiy-tadqiqot ishlari, dissertasiyalar,  maqola va monografiyalar hamda  boshqa axborot manbalaridan mavzuga tegishli materiallar to‘playdi, tahlil qiladi, zarurlarini ajratib olib  tartibga soladi, shaxsiy tajribasi va bilimi, ilmiy natijalariga asoslangan holda qo‘shimchalar, izohlar kiritadi, o‘z nuqtai-nazarini bayon etadi va asoslaydi. Bunda talaba o‘qituvchi bilan hamkorlikda ishlaydi.

Tayyorlangan maqola, tezis yoki ma’ruza kafedrada himoya qilinadi.

Amaliy mazmundagi nostandart masalalarni yechish va unga ijodiy yondoshish.

Bunda talabaga biror mavzu yoki bo‘lim bo‘yicha nostandart, ya’ni alohida yondashuv talab qilinadigan, nazariy ahamiyatga ega bo‘lgan amaliy topshiriqlar, ijodiy yondashuv talab qilinadigan ilmiy-ijodiy vazifalar topshiriladi. Amaliy topshiriqlar masalani hal qilishning optimal variantlarini qidirib topishga qaratilgan bo‘lishi kerak.

Mavzu yoki bo‘lim bo‘yicha berilgan topshiriqlar natijasi kafedrada ekspertlar ishtirokida himoya qilinadi.

Bundan tashqari talabaning qiziqishi va qobiliyatiga qarab, unga ilmiy harakterdagi topshiriqlarni berish, o‘qituvchi bilan hamkorlikda ilmiy maqolalar tayyorlash va chop ettirish mumkin.

Talabalarning mustaqil ta’limini samarali tashkil etish uchun quyidagilar bajarilishi kerak:

— berilgan topshiriqni bajarishga tizimli yondashuv;

— topshiriqni bajarishning barcha bosqichlarini muvofiqlashtirish va uzviylashtirish;

— topshiriqning bajarilishi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatish;

— topshiriq bajarilishini tashkil etish va nazorat qilish mexanizmini takomillashtirib borish zarur.

Mustaqil ish topshiriqlari muvaffaqiyatli yakunlanishi uchun quyidagi talablar bajarilishi lozim:

— maqsadning aniq asoslanishi (bilimni mustahkamlash, yangi bilimlarni o‘zlashtirish,  ijodiy faollikni oshirish, amaliy ko‘nikma va malakalarni shakllantirish va boshqalar);

— vazifa va topshiriqlarning aniq-ravshan belgilanishi;

— topshiriqlarni bajarish algoritmi va metodlaridan talabalarning yetarli darajada xabardor bo‘lishi;

— maslahat va boshqa yordam turlarining to‘g‘ri belgilanishi (yo‘llanma va ko‘rsatma berish, mavzuning mazmuni va mohiyatini tushuntirish, muammoli topshiriqlarni bajarish usullari bo‘yicha tushuncha berish, ayrim muammoli vaziyatlarni birgalikda hal qilish va boshqalar);

— hisobot shakli va baholash mezonini aniq belgilash;

— nazorat vaqti, shakli va turlarini aniq belgilab olish (amaliy, laboratoriya mashg‘ulotlari, konsultasiya uchun yoki nazorat uchun maxsus ajratilgan vaqt; ma’ruza yoki referat matni, bajarilgan topshiriqlar daftari, nazorat ishlari, uy vazifasi daftari, kurs ishlari, test, maqola, nostandart topshiriqlar, savollar, ko‘rgazmali jixozlar va ijodiy ishlar; savol-javob, bajarilgan ish mazmuni va mohiyatini tushuntirib berish, yozma shaklda bayon qilish va boshqalar).

Talabalar mustaqil ishini shartli ravishda ikkiga ajratish mumkin:

Auditoriyada amalga oshiriladigan mustaqil ishlar. O‘tilgan mavzuni qayta ishlash, kengaytirish va mustahkamlashga oid topshiriqlar bajariladi.

Bunda talabalarning nazariy va amaliy bilimlarni o‘zlashtirib borish darajasini, amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlariga tayyorgarlik darajasi nazorat ishlari olish, savol-javob va suhbatlar o‘tkazish, amaliy topshiriqlarni bajartirib ko‘rish va shu kabi usullar bilan dars paytida nazorat qilinadi.

Joriy nazoratda talabaning dars paytida o‘tilgan materiallarni o‘zlashtirishi va uyga berilgan topshiriqlarni bajarishdagi faolligi, bajarish saviyasi va o‘zlashtirish darajasi  e’tiborga olinadi.

Auditoriyadan tashqarida amalga oshiriladigan mustaqil ishlar. O‘quv dasturidagi ayrim mavzularni mustaqil holda o‘zlashtirish, uyga berilgan vazifalarni bajarish, amaliy va laborotoriya ishlariga tayyorgarlik ko‘rish, ijodiy va ilmiy-tadqiqot harakteridagi ishlar va boshqalar.

Bunda o‘quv fani bo‘yicha o‘quv dasturida o‘tilishi rejalashtirilmagan yangi mavzu bo‘yicha ma’lumot va axborotlarni mustaqil ravishda izlab topish, tahlil qilish, konspektlashtirish (yoki referat tarzida rasmiylashtirish) va o‘zlashtirish, ijodiy yondashishni talab qiladigan amaliy topshiriqlarni bajarish ko‘rinishida amalga oshiriladi. Bu turdagi ishlarni bajarish jarayoni darsdan tashqari paytlarda, uning bajarilish  va o‘zlashtirilishning nazorati esa maxsus belgilangan konsultasiya soatlarida  amalga oshiriladi.