Atamalar lug’ati yoki glossariy

Glossariy

1. Administrator – elektron axborot-ta’lim resurslarini moslashtirish va boshqarish uchun keng huquqlarga ega bo‘lgan mutaxassis.

2. All files–sayt barcha fayllarining miqdori va umumiy o’lchami.

3. Animatsiya – dinamik va ovozli jarayonlarni ifodalashga imkoniyat beradigan grafik axborotlarni tashkil etish usuli.

4. ASCII ( American Standart Cade for Information inferchange )–matnli axborotlarni almashtirish uchun ishlatiladigan amerika standart kodi.

5. Asinxron kommunikasiya – axborotlarni vaqt bo‘yicha kechiktirib almashish imkoniyatini beradigan muloqot vositalari (forum, el. pochta).

6. Audioanjuman – tarmoq texnologiyasi tizimi va telefondan foydalangan holda turli geografik nuqtalarda joylashgan bir qancha shaxslarning ma’lumotlarni ovozli – raqamli ko‘rinishda almashinish jarayoni.

7. Axborot xavfsizligi – himoyalanayotgan axborotning asosiy uchta: konfidensiallik, yaxlitlik, tayyorlik xossalarini saqlash maqsadida funksional va axborotga kirish imkoniyatlarni chegaralaydigan vazifa.

8. Axborot – (lat. informatio– tushuntirish, bayon qilish) – shartli belgilar yordamida shaxslar, predmetlar, dalillar, voqyealar, hodisalar va jarayonlar haqida, ularni tasvirlash shaklidan qat’iy nazar uzatiladigan va saqlanadigan ma’lumotlar.

9. Bilimlar bazasi – biror fan sohasiga oid obyektlarning xossalari, jarayon va hodisalarning qonuniyatlari haqida ma’lumotlarni o‘zida mujassamlashtirgan, talab etilgan vaziyatlarda ushbu ma’lumotlarni foydalanish qoidalariga ega bo‘lgan holda tashkil etilgan bilimlar yig‘indisi.

10. Chat – axborot almashish real vaqtda olib boriladigan Internetdagi muloqot.

11. Clarinet–foydalanish uchun ko’pchilik servis markazlari bilan imzolanadigan katta yangiliklar xizmati.

12. Didaktik material – foydalanilganda o‘quvchilarning bilim olishini faollashtirish, o‘quv vaqtini iqtisod qilishni ta’minlaydigan o‘quv mashg‘uloti uchun mo‘ljallangan qo‘llanmalarning maxsus ko‘rinishi.

13. Didaktik tamoyillar – natijaviylikni ta’minlaydigan ta’lim jarayoniga qo‘yilgan eng umumiy talablar tizimi.

14. Didaktik vositalar – o‘quv fanini o‘zlashtirish samaradorligini oshiruvchi pedagogik vositalar.

15. Differensiallashgan ta’lim – o‘quvchilarning moyilligi,qiziqishi va qobiliyatini hisobga olgan holda o‘quv faoliyatni tashkil etish shakli.

16. Dizayn – o‘quv materialni ifodalash (tavsiflash, namoyish) usuli.

17. DOMEN ( DNS–DOMAIN NAME SYSTEM )–normalarning domen sistemasi; internet tarmog’idagi kompyuter nomlarini IP-adreslariga o’tkazib beruvchi ma’lumotlar bazasining tarmoq sistemasi.

18. Elektron aloqa – kompyuter tarmoqlari orqali foydalanuvchilarga ma’lumotlarni yetkazib berish.

19. Elektron darslik – kompyuter texnologiyalariga asoslangan o‘qitish metodlaridan foydalanishga mo‘ljallangan o‘qitish vositasi.

20. Elektron kutubxona – elektron axborot-ta’lim resurslari majmuasi.

21. Elektron pochta – kompyuter tarmoqlari asosida foydalanuvchilar o‘rtasida elektron shakldagi matn, tasvir, ovoz, video va boshqa axborotlarni uzatuvchi va qabul qiluvchi vosita.

22. Elektron tarjimon–o’ziga yuborilgan matnni bir tildan ikkinchi tilga tarjima qilib beradi.

23. E-mail–Internet ning istagan abonenti bilan pochta xabarlarini almashtirish va xabarlarni uzatish servisi.

24. Faks-servis-tarmoq faks serveridan foydalanib, foydalanuvchiga faksimal aloqa orqali xabarlar jo’natish imkonini beradi.

25. Fayl–servis–boshqa kompyuterga o’z fayliga kirish imkonini beruvchi kompyuter.

26. Forum – sayt orqali muloqot qilish shakli. Forumdagi axborotlarning har biri muallifi, mavzui va o‘zining mazmuniga egadir.

27. Foydalanuvchi interfeysi – foydalanuvchini tizim yoki tarmoq bilan o‘zaro ta’sirini aniqlaydigan shakl.

28. Foydalanuvchilarni qayd etish – axborot-ta’lim resurslariga kirish huquqini olish uchun foydalanuvchi haqidagi ma’lumotlarni kiritish jarayoni.

29. FTP ( Fili Transfer Protocol )–foydali uzatuvlar protokoli; kompyuterlararo axborot almashuvining standart usuli.

30. Gipermatn – assosiativ bog‘langan bloklar ko‘rinishida taqdim etilgan (boshqa matnli hujjatlarga yo‘l ko‘rsatuvchi) matn.