Abdulla Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika instituti

Fizika-matematika fakulteti

Informatika o’qitish metodikasi kafedrasi katta o’qituvchisi

Begbo’tayev A’zam Eshpulatovich

telefon: +99894 191 0574,   +99897 325 1474

e-mail: azamb@mail.ru, azambek1402@umail.uz

Manzil: Jizzax viloyati, Jizzax shaxri, Zargarlik mahallasi 35-uy, 17- xonadon

Kafedra haqida

A.Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika instituti 1974 yilda tashkil topgan bo‘lib, u qo‘riq Jizzax vohasida malakali o‘qituvchi kadrlar tayyorlash uchun tayanch oliy o‘quv yurti hisoblanadi. Uning moddiy-texnik bazasini har tomonlama rivojlantirish va mustahkamlash, o‘quv jarayoniga o‘qitishning texnik vositalarini keng joriy etish maqsadida 1978 yilda umumiy fizika kafedrasi bazasida “O‘qitishning texnik vositalari” kafedrasi tashkil etilgan (birinchi kafedra mudiri, p.f.n. Oblaqulov Sh.). Natijada institutda yangi o‘qitish tizimi, ya’ni media-texnologiya-audiovizual vositalar keltirilib o‘quv jarayoniga joriy etila boshlangan. Qisqa davr mobaynida institutda yopiq o‘quv telestudiyasi tashkil etilgan.

Kafedra Nizomiy nomli Toshkent davlat pedagogika universiteti, T.N. Qori-Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti, O‘zbekiston milliy universiteti, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Samarqand davlat universitetlari bilan hamkorlik shartnomasi asosida informatika ta’limining uzluksizligi va uzviyligini ta’minlash, informatika bo‘yicha yangi avlod o‘quv adabiyotlarini yaratish, informatika ta’lim jarayoniga yangi pedagogik texnologiyalar va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash kabi muammolar bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlari olib bormoqda.

2012 yilda institutda “Informatika o‘qitish metodikasi” yo‘nalishi ochildi va dastlabki 50 ta talaba o‘qishga qabul qilindi. 2016 yilda, ya’ni Mustaqilligimizning 25 yilligi arafasida ular ushbu yo‘nalishning birinchi qaldirg‘ochlari bo‘ldilar. Hozir kunda informatika o‘qitish metodikasi yo‘nalishida 400 dan oshiq talaba tahsil olmoqda, kafedramizda esa 35 ta professor-o‘qituvchi institut talabalariga dars bermoqdalar.

2015 yil martdan boshlab kafedra “Informatika o‘qitish metodikasi” nomi bilan atalmoqda.

2011 yildan hozirgi vaqtgacha  “Informatika va axborot texnologiyasi” kafedrasini t.f.n., dots. R.M. Yusupov boshqarmoqda.

One thought on “Muallif”

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *