Elektron axborot-ta’lim resursi  respublika oliy pedagogika institutlari bakalavriat yo‘nalishlari: 5110700 – Informatika o‘qitish metodikasi yo‘nalishida tahsil oluvchi talabalar uchun mo’ljallangan “Tarmoq texnologiyalari” o‘quv fani bo‘yicha tuzilgan. Hozirgi kunda kompyuter tarmoqlari keng va jadal suratlar bilan rivojlanib bormoqda. Xar qanday tashkilot yoki muassasini kompyuter tarmoqlarisiz tassavur qilish qiyin.  XX asrning oxirida kirib kelgan Internet- halqaro global kompyuter tarmog’i so‘zimizning isbotidir. Bu tarmoq ko‘pchilik kishilarning gazeta va jurnal, kitoblardan kundalik hayotda oladigan axborot yangiliklarining  elektron ko‘rinishlaridan biri aylanib bormoqda. Shuning uchun kompyuter tarmoqlaridan foydalanish va ularning strukturasini o‘rganish, hamda ulardan ma’lumotlar olish muhim ahamiyat kasb etadi. Talabalarning bu fanni o‘zlashtirishi uchun yetarlicha bilim, ko‘nikma va malakalarni egallashlari ko‘zda tutilgan.

1.Kursning maqsad va vazifalari

Kursning maqsadi tinglovchining kasbiy sohasida uchraydigan tarmoq sohasidagi muammolarni bartaraf etish yo‘llarini o‘rgatish, tarmoq texnologiyalari sohasida yetalichi bilimlar berishdan iborat.

Kursning vazifasi:

-kompyuter tarmog‘i haqida ma’lumotlar berish;

-har bir insonning hayotida va jamiyat rivojlanishida axborot texnologiyalarning rolini ko‘rsatish;

-mintaqaviy, lokal va global  kompyuter tarmoqlarining imkoniyatlarini ochib berish;

-kompyuter tarmoqlaridagi ma’lumotlardan qanday hollarda va qanday maqsadlarda ishlatish tushunchalarini shakllantirish;

-global tarmoqqa joylashtiriladigan ma’lumotlarni qanday hosil qilish yo‘llarini o‘rgatishdan iborat.