31 студенты

Mazkur elektron o’quv kursi laboratoriya mashg’ulotlari bakalavriat yo‘nalishlari: 5110700 – Informatika o‘qitish metodikasi yo‘nalishida o‘qiladigan “Tarmoq texnologiyalari” o‘quv moduli bo‘yicha tuzilgan.

O‘qitishning an’anaviy usullarida Tarmoq texnologiyalari fani bo‘yicha olingan nazariy bilimlarni mustaxkamlash va amaliy ko‘nikmalarni hosil qilish uchun xizmat qiluvchi laboratoriya va amaliy mashg‘ulotlarga katta ahamiyat beriladi. Lekin ular ko‘pchilik hollarda kutilgan natijani bermaydi va uning sabablari quyidagilardir:

– mavjud laboratoriya xonalarining zaruriy asbob-uskunalar bilan yetarli darajada jihozlanmaganligi;

– ko‘pchilik laboratoriya jihozlarining zamonaviy talablarga to’liq javob bermasligi va ma’naviy eskirganligi;

– ba’zi laboratoriya topshiriqlarini bajarish uchun ko‘p vaqt talab qilinishi sababli talabalarning belgilangan vaqtdan unumli foydalana olmasligi.

Yuqorida keltirilgan kamchiliklarning ko‘pchiligini o‘quv jarayonida imitasion modellar va maxsus simulyator dasturlaridan foydalanish yo‘li bilan bartaraf qilish mumkin. Shu nuqtai nazardan, oliy o‘quv yurtlarida mutaxassislarni tayyorlash jarayonini takomillashtirishga va ularning kasbiy tayyorgarligiga qo‘yilgan davlat ta’lim standartlari talablarini amalga oshirishda elektron axborot ta’lim resursi va virtual laboratoriyalar ishlab chiqish, bo‘lajak mutaxassislarda kasbiy faoliyatga oid o‘quv-tarbiya jarayonini samarali tashkil etishning shakl, metod va vositalari, yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini o‘quv jarayoniga qo‘llash metodlari, Tarmoq texnologiyalari fanidan o‘quv jarayoni uchun o‘quv-uslubiy ta’minotlarni yaratish kabi ishlar dolzarbligini belgilaydi.

Преподаватель

Аватар пользователя azambek

Begbutayev A'zam Eshpulatovich 14 fevral 1974 yilda Jizzax viloyati Gallaorol tumanida tug'ilgan. Hozirda 2001 yildan buyon Abdulla Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika instituti Informatika o'qitish metodikasi kafedrasida o'qituvchi lavozimida faoliyat ko'rsatadi.
Бесплатно

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *