Mazkur elektron o’quv kursi bakalavriat yo‘nalishlari: 5110700 – Informatika o‘qitish metodikasi yo‘nalishida o‘qiladigan “Tarmoq texnologiyalari” o‘quv moduli bo‘yicha tuzilgan. Hozirgi kunda kompyuter tarmoqlari keng va jadal suratlar bilan rivojlanib bormoqda. Xar qanday tashkilot yoki muassasini kompyuter tarmoqlarisiz tassavur qilish qiyin. XX asrning oxirida kirib kelgan Internet- halqaro global kompyuter tarmog’i so‘zimizning isbotidir. Bu tarmoq ko‘pchilik kishilarning gazeta va jurnal, kitoblardan kundalik hayotda oladigan axborot yangiliklarining elektron ko‘rinishlaridan biriga aylanib bormoqda. Shuning uchun kompyuter tarmoqlaridan foydalanish va ularning strukturasini o‘rganish, hamda ulardan ma’lumotlar olish muhim ahamiyat kasb etadi. Talabalarning bu fanni o‘zlashtirishi uchun yetarlicha bilim, ko‘nikma va malakalarni egallashlari ko‘zda tutilgan.
-
I Modul. AXBOROT – KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI
Ushbu modulda Axborot – kommunikatsiya texnologiyalari, Tarmoq texnologiyalari fani, Axborotlashgan jamiyat, Ta’limda axborot – kommunikatsiya texnologiyalari va Telekommunikasiyalar haqida to'xtalib o'tiladi.
-
II Modul. Kompyuter tarmoqlari haqida umumiy tushunchalar.
Bu modulda Kompyuter tizimlari Kompyuter tarmog’i haqida umumiy tushunchalar; Kompyuter tarmog'i tarkibiy qismlari; Kompyuter tarmoqlari klassifikatsiyasi. kabi tushunchalar beriladi.
-
3-Modul. Lokal kompyuter tarmog’iga kirish
Ushbu modulda Lokal kompyuter tarmog’i, Lokal kompyuter tarmog’iga kirish, Lokal hisoblash tarmog’ining tashkil etuvchilari, Lokal tarmoq topologiyasi. Lokal standart tarmoq turlari. kabi mavzular bo'yicha ma'lumot beriladi.
-
4-MODUL. INTRENET- GLOBAL KOMPYUTER TARMOG’I
Ushbu modulda Internet, uning tuzilishi, xizmatlari va uning dasturiy ta’minoti va Internet asosiy protokollari haqida ma'lumot beriladi
-
5-MODUL. MULTIMEDIYALI TARMOQ TEXNOLOGIYALARI
Ushbu modulda Multimediya bilan ishlashda tarmoqlardan foydalanish, Multimediali tarmoq texnologiyalari, Zamonaviy aloqa tarmoqlariga bо‘lgan talablar, Zamonaviy aloqa xizmatlarining xususiyatlari , Multimedia tushunchasi. Multimedianing afzalliklari, Ochiq tizimlarni о‘zaro bog‘lanish etalon modeli va Multimediyali tarmoq texnologiyalarida uzatishlar haqida ma'lumot beriladi
-
6- modul. Tarmoq havfsizligi asoslari
Ushbu modulda Tarmoq havfsizligi asoslari, Axborotni himoya qilish haqida, VPN (Virtual Private Network) virtual xususiy tarmoq, Tarmoqda xavfsizlikka tahdidlar va zaif joylar va Tarmoqda ma’lumotlar havfsizligining uskunaviy va dasturiy ta’minoti haqida ma'lumot beriladi.