Saytimizga xush kelibsiz! 

Siz zamonaviy tarmoq texnologiyalari, dasturiy va texnik vositalari haqida bilimlarga ega bo’lishni hohlaysizmi? Bu sohada ko’mak berishga xarakat qilamiz. Ushbu sayt nazariy, amaliy va video shaklidagi ma’lumotlar bilan boyitilgan.

Kompyuter kommunikatsiyalari sohasining yuqori malakali mutaxassislar sifati va soniga bo’lgan talabning tobora ortib borayotganligi, shuningdek, ta’limni axborotlashtirish va uning yangi shakllarini takomilashtirishga yordam beradigan innovatsion ta’lim metodlari va texnologiyalarini ishlab chiqish hamda amalga oshirish zarurligiga olib keldi. Ular makon va vaqt chegaralari bilan chegaralanmagan. Bu talablarni masofadan o’qitish tizimi yordamida samarali va sifatli amalga oshirish mumkin. Chunonchi, bu ta’lim oluvchilarning joylashuvidan, ish joyidan qat’i nazar, individual ta’lim dasturini hisobga olgan holda Internet orqali sifatli ta’lim olish imkonini beradi.

Saytning bosh mavzusi foydalanuvchilarga Tarmoq texnologiyalari, kompyuter tarmoqlari, ularni loyihalash, texnik va dasturiy ta’minotlari haqida ma’lumot berishdan iborat. Tarmoq texnologiyalari bo’yicha elektron o’quv kursi ham tashkil etilgan bo’lib, u respublikamizdagi oliy pedagogika institutlarining Informatika o’qitish metodikasi yo’nalishidagi talabalarga mo’ljallangan. Elektron o’quv kursiga murojaat qilish uchun veb saytning EATR (Elektron axborot-ta’lim resursi) menyusiga kirishingiz mumkin.

 

Aziz foydalanuvchilar!

Ushbu sayt muallifi tomonidan tarmoq texnologiyalari o’quv predmetiga doir bir nechta o’quv va uslubiy qo’llanmalar, bosma va elektron materiallar ham chop etilgan. Agar Sizga ulardan foydalanish uchun amaliy yordam kerak bo’lsa marhamat, manzilimizga murojaat qilishingiz mumkin.

Muallif